.
 FAQ
Главная » FAQ » SHS SHERLAR XAZILLAR [ Добавить вопрос ]


Yurak sanchib tez urarga o’tdi birdan
Halovatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Alangladim yon-atrofga havotirdan,
Ibodatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ming haqqini yutib qo’ydi musulmonlar,
Qorinlari ko’proq to’ydi musulmonlar,
Riyokorlik to’nin kiydi musulmonlar,
Itoatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Tirik murda to’ldi, ammo tobut yo’qdir,
Gunoxlardan asraguvchi sovut yo’qdir,
Avom tugul peshvolarni subut yo’qdir,
Sadoqatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Tilda bolu, qilgan ishi g’irt zaxardir.
Munofiqlik bir emas ming kech sahardir,
Kim ko’p yolg’on desa, o’sha savdogardir.
Tijoratdan asar ham qolmadi do’stlar.
Bir birlarin g’ajib yetmish hatoyi deb,
Nom olmishlar bulbul honish sadoyi deb,
Tajvidlarin to’g’irlarlar xudoyi deb,
Tilovatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Hammasiga ko’niking siz, qonlar yutmang.
Foyda yo'qdir rivoyat deb kitob titmang,
Namozxonin qizlaridan hayo kutmang,
Hijolatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Lafz izlamang bir taloq ming taloq bo'ldi,
Topgan-tutgan fatvolari gunoh bo'ldi,
Tamaki-yu, nos tupurish muboh bo'ldi,
Karohatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Allohni bir degan inson qilsa riyo,
Oyat-hadis turushinda bo'lsa ro'yo,
Saharlarda bulbul zikr qilar ammo,
Tarovatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Jamoatlar firqalarga bo’lindilar,
Dum patlari ko’k tovuqdek yulindilar,
Vujudla bir qalban qatl qilindilar,
Muhabbatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Bu ummatning faqiri gar bir lof ursa,
Tog’lar qular bu kibrga qarshi tursa,
Fir’avnni hayron aylar qasr qursa,
Sahovatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Hech biri “ne bo’lar” demas qiyomatda,
Hiyonatlar ho’p ko’paymish omonatda,
Pora halol hisoblangan bu ummatda,
Diyonatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Er deganlar ertayu-kech uyda uxlar,
Ayolidan na hijolat, na qalb tig’lar,
Qiz juvonin axvoliga maymun yig’lar,
Balog’atdan asar ham qolmadi do’stlar.
Qulab kulga aylandi-ku hiyvalari,
Chorvasida qo’ydan kichik tevalari,
Don eksalar dondan kichik mevalari,
Barokatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Birontasi kechar bilmas molu jondan,
Alloh uchun boshqarmas xonadondan,
Munofiqni ajratolmam musulmondan,
Farosatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Bir tarafni aylaydilar karvon bozor,
Bir tomonda masjid bo’lar qadim mozor,
Pirga qo’lin berarlaru, Xudo bezor,
Murruvatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Mo’min bo’lib maqsadlari kayf bo’ldi,
Saxobalar siyratlari xayf bo’ldi,
Olimlarga bu diyorlar toif bo’ldi,
Muhammaddan asar ham qolmadi do’stlar.
Gapirsalar shariatdan kulgim kelar,
Ming turlanish yuzlarini yulgim kelar,
Kas jonlarin olar qotil bilgim kelar,
Dalolatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Birisida botirlik bor, farosat yoq,
Birisida qo’rqoqlik bor, jasorat yoq.
Muhammadiy ummatiga ko’p qilmang do’q.
Shijoatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Gapirdik ko’p amallardan ketdi hayot,
Uzoqlarga qochib ketmish bizdan najot.
Qiyomatda yig’lab turar bo’lsak hayxot.
Shafoatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Do’stimizni qatl etdilar, sharxlolmadik,
Mo’minlikning qiymatini narxlolmadik,
Xarom birla halol ko’rsak, farqlolmadik,
Nadomatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ming yaxshidan afzal o’tmish yomonlarim,
Xov, qaylarga qochdingiz o’ng tomonlarim,
Kitoblarga jilo bo’lgan zamonlarim,
Hilofatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Qayga boqmang g’anim o’tliq, yov g’olibdir,
Mo’min degan to’rt tarafga ho’p nolibdir,
Hamma birdek gumroxlikni tan olibdir.
Xikoyatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ey g’or nafsim hotirjamsan, tinmay uxla.
O’tmish o’tdi, sen moziyni shiftga mixla.
Ali Usmon davirlarin eslab yig’la,
Matonatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Savdo demish qutlug’ yo’lda berarlar jon,
Lek bomdodga ochilmas ko’z, topib imkon.
Topib bering Alloh deyar bitta inson.
Layoqatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Yoddan ketmish bu dunyoning xisoboti,
Xaddan ziyod moddiy bo’ldi inson zoti,
Yigirma birinchi asr kashfiyoti,
Rivoyatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Manga alam Chingizlarni so’ljaytirgan,
Botularning o’ng yo’lini so’lg’aytirgan,
Termiziyni, Buxoriyni ulg’aytirgan,
Saltanatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Dinim deya, yanoqlari namlar qani?
Odamlarni uxlatmagan g’amlar qani?
Har qishlog’i olim bergan damlar qani?
Ul shavkatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Xofizlardan tanga yiqqn shoirlar ko’p,
Pishmay turib suvin siqan shoirlar ko’p,
To’rt qatorni she’r deb chiqqan shoirlar ko’p,
She’riyatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Arab sori safar qilmang, ming yuviqsiz,
Din nomidan nom topurlar haloyiqsiz,
Mazxabiga yurmasangiz munofiqsiz,
Risolatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Bashar o’g’li muammoga ho’p yo’liqmish,
Bunda nafsi ulush qilgan dardni yig’mish,
Lek har tizim manfaatdan kelib chiqmish,
Adolatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ko’ring bunda tabiblikka da’volarni,
O’ylab chiqib turlik tuman balolarni,
So’ngra e’lon qilarlar ming davolarni,
Tabobatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Hamma bilar, yolg’onchi so’z zaxar, maydir,
Uni mo’min o’z do’stiga ichirmaydir,
Taqvodori va’da bersa, bajarmaydir,
Omonatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ilmlisi ko’p kulodir otib handa,
O’zgalarning axvoloti parokanda,
Haq so’zga joy qolmagan bu gul makonda,
Hidoyatdan asar ham qolmadi do’stlar,
Suvlari ters oqqan kunlar halak bo’ldi,
Sxobalar hodisoti ermak bo’ldi,
Valiylarni ko’rgan damlar ertak bo’ldi,
Karomatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Aytishardi jannat asli erur Vatan,
Ul manzilga to yetguncha yo’lllar tikan,
Ko’rdim mano bu dunyo xo’p sotqin ekan,
Bu rohatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ey Hayrulloh hayr seni tark etmasdan,
Xudo uchun ish qilib qol jon ketmasdan,
Qara telba dunyo seni qaritmasdan,
Farog’atdan asar ham qolmadi do’stlar.
Hayrullo Hamidov

Do'stim.

Dunyo o'tar ekan endi angladik,
O'lim qay odamni chetlagandi ayt,
Agar tirik bo'lsang,o'lmagan bo'lsang,
Haliyam o'sha men aytgan yo'lga qayt!

Joning halqumiga kelmasdan burun,
Iymon ko'chasini tanla birodar,
Katta musibatning oldini olmoq,
Dod- voydan qutulmoq istasang agar.

Biz ham, sen ham bitta zaminga keldik,
Yashadik ozgina farq ila ahir,
Nahotki, foniydan abadiy mangu,
Hayotni bermoqqa botinding og'ir.

Qara qabrisronning keng maydonida,
Shohlar gadolar-la birga yotarlar,
Azob farishtasi orqali kelgan,
Turli azoblarni bir-bir totarlar.

Ularning kimligi surishtirilmas,
Faqat amallarga qarar dunyo u,
Bir bor "Rabbim" deya ibodat qilgan,
Insonlar kuniga yarar dunyo bu.

Kel, do'stim, ana shu hur dunyo uchun,
Yashaylik qullik kishanin otib,
Birinchi bo'limda g'olib kelganalr,
Bo'lavermaslar bil, hamisha g'olib.

Ertaklar aytishni to'htating.

Davrlar o'zgardi, dunyo o'zgardi,
Farzandlar qalbiga quloq solingiz.
Xitobim qa'rida o'tmishning dardi:
"Ertaklar aytishni siz bas qilingiz!"

Ertaklar eshtib ulg'aygan bizmi?
Bugun yolg'onlarni tinmay so'zlaymiz.
Ajdarlar mahv etgan parizodlarni,
Ko'nglimiz tubida pinhon ko'zlaymiz.

Sadoqat shevasin unutgan do'stlik,
Go'zallar oldida cho'kkanida tiz,
Tan oling ayollar husnidan bezlik,
O'rganmaganmidik ertaklardan biz?

Ertaklar - yog'onning nabirasidir,
Ular ezgulikni qilarlar shior,
Aslida ebg katta hiyonatlar ham
Biz suygan qahramon fitratida bor.

Ularning yolg'onin biladi hamma,
Ammo bolalarga tinmay aytarlar,
Ostin ustun qilib dunyoni, so'ngra,
Botirlar bir qiz deb ortga qaytarlar.

Qarang ertaklardan sug'orilganlar,
Yurarlar birgina haq so'z izlashib.
Yalmog'izni o'qiy-o'qiy bu avold,
Oxiri ketdi-ku yalmog'izlashib.

Oila deganning tushunchasi yo'q,
Sevgiga yetishib tugar har ertak,
Bu avlod hayrondir ertakdan keyin,
Nima qilmoq kerak, ne qilmoq kerak?

Dunyoning azobin totib, yetishib,
Muhabbat deganin topganida u,
Asli nimalarga umid qilgandi,
Nimalar haqida qilgandi orzu?

Men bugun tushunmay kitob titaman,
Har bir varag'ida porlaydi sehr,
Hudolik da'vosin qilayotganga,
Ertaga farzandim qo'ymasmi mehr?

Kim shunga kafolat bera oladi,
Va qaysi zot buning oldini olgay,
Bu avlod haq so'zni topa olmasa,
Ertaga ertakka ishonib qolgan.

Agar mening so'zim bo'lsa havolar,
Mayli, yo'lingizga buriling, qayting,
O'lmas Kashshey degan yolg'on da'volar,
Ayting,kimlar uchun to'qilgan ayting?

Ertakalr avlodni ezgulikkamas,
Yovuzlik qa'riga yetaklar aniq.
Bashar saodatga erishganida,
Hizmat qilgan edi haqqa chaqiriq.

Bas, ndi farzandlar sohtalik emas,
Haqiqat neligin ko'rib o'ssinlar,
So'ng mayli ulg'ayib ertakdan chiqqan,
Yalmog'iz, ajdarlar yo'lin to'ssinlar.

Tushuning bu so'zlar oddiy hitobmas,
Balki kelajakka yetaklar da'vat,
Avlodlar dunyosi bizdek sarobmas,
Ularning yo'llari bo'lsin haqiqat!

Buxoriy maqbarasi qoshida.

Samarqandga bordim, qo'yib bir ixlos,
Safar azobiga qilib ming toqat.
Mening bir niyatim bor edi xolos,
Buxoriy bobomni qilmoq ziyorat.

Bordim-u, hayratning qoldim ostida,
Bu qabr bir paytlar ediku g'arib,
Bugun muhaddisning qabri ustida,
Kimdir farzand so'rar unga yolvorib.

Sal nari yuraman boshqa bir odam,
Qabrga ko'z surtar hech ham hadiksiz,
Buxoriy aniq bu holni ko'rgan dam,
Uni mushrik deya atardi shaksiz.

Biroz nariroqda cho'mib hayolga,
Bir ayol qabrni aylardi tavof,
Buxoriy kim o'zi degan savolga,
Bular berolarmi biror bir javob?

Alam qildi menga, alamki juda,
Go'yo toza suvdan chiqqandek chirklar.
Endi buxoriyni topganimizda,
Uning qabri uzra avjida shirklar.

Uzoq moziylarga safar qiliblar,
Nimadir ko'zimga ko'ringan bo'ldi.
Bugun bu ishlarni qilayotgan avom
Buxoriyni yurtdan quvg'inlar qildi.

Buxoriyni sotgan shularmasmi, deb,
Mushrik qavmga bir tashladim nazar.
Qabrni ziyorat qilishga kelib,
Tashrifdan ilk bora qilgandim hazar.

Yo, Rabbiy, bu ne hol dedimu qaytdim,
Ko'nglim ko'tarolmay qoldi bu hisni,
Uyga keldimu, so'ng qo'limga oldim,
Buxoriy rivoyat qlgan hadisni.

Buxoriy haqiqiy avliyo ekan,
U zot payg'ambardan bo'lmishlar voiz:
Ziyoratni agar qasd qilmoq bo'lsang,
Faqat uchta joyga bormog'ing joiz.

Muqaddas Makkayu, Madina, hamda,
Quddusdagi masjid - ziyorat qilsang.
Boshqa biron maskan, biron bir o'lka,
Qasd qilib safarga arzimas bilsang".

Mana shu hadisni o'qib ming diqqat,
Izladim o'zimning holimga chora,
Hatto Buxoriyning qabrin ziyorat,
Qilmoq lozim ekan, hadisga ko'ra.

Bas, endi har ishni hadisga solib,
Hadis asosida hayot quramiz.
Alloh rozi bo'lsin Imom Buxoriy,
Sizni Alloh uchun yahshi ko'ramiz.

Olimlik.

Insonga bitilgan taqdir shu ekan,
Javob berarkanmiz qilganimizga!
Savol tug'iladi:"Olimlik nedur?"
Biz ham olimdirmiz bilganimizga!

Talab qilinmaydi bizlardan uchmoq,
Yo yulduz misoli tezlikda ko'chmoq.
Faqat bilib qo'ydik, shu erur sitmoq,
Biz ham olimdirmiz bilganimizga.

Quyoshning taftidan chiqqan ezgulik,
Butun bashar uchun rahmat degulik,
Birodar shu ekan senga, ko'rgulik,
Biz ham olimdirmiz bilganimizga.

Olimlar Qur'onni olishganda yod,
Hadisdan ko'ngilga quyuladi dod,
Bizga ham yetarli ashyolar, hayhot,
Biz ham olimdirmiz bilganimizga.

Olimlik aslida payg'ambardan iz,
Rasullar yo'lida bo'lmoqlik shart hargiz.
Hadisda kelgani - ehtimol bizmiz,
Biz ham olimdirmiz bilganimizga.

Bugun ilm ahli tinmasdan so'zlar,
Bu go'zal so'zlarga tikilgan ko'zlar,
U qadar hotirjam bo'lmaylik do'stlar
Biz ham olimdirmiz bilganimizga.

Bunga...

...Dunyo bog'-rog' dedik aslida qafas,
Nahot charchamaslar bu jag'lar javrab...
Ayollar fitnaga bo'lsalar sabab,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.

Zino-yu, fahshga yetaklar holat,
El ichra deyilsa bu oddiy odat,
Turli seriladan olinsa ibrat,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.

Oila deganda obro' yo'qolsa,
Onalar uyda bosh shahs bo'lib qolsa,
Ota o'z qiziga shim sotib olsa,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.

Ko'ring, bu bechora ota soqovni,
Toqati tugamish yengolmay g'ovni,
Ona zimmasida topish kuyovni,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.

"Ey, hotin bormikan,ul mayda chuyda?"
Degan odamlar ham ko'pko'cha ko'yda.
Bozorda onalar, otalar uyda,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik ems.

Buxoriy tug'ilgan diyorda bugun,
Erlarning vazni yo'q, ayollar yupun,
Birodar, bemalol tomoshang nechun,
Yig'lash kerak bunga,kulmoqlik emas.

Nima bo'ldi ahir halqqa, ommaga,
Hayqirmoq soati keldi hammaga:
Yig'lash kerak bunga. kulmoqlik emas,
Oddiy tomoshabin bo'lmoqlik emas.

Ovozi boricha hayqirmoq kerak,
Haqning kalomiga chaqirmoq kerak:
Ogohlantirish kerak bu avom halqni,
To qadriga yetsin muqaddas Sharqni.

Uning sha'ni uchun turib bersinlar,
Kerak bo'lsa nafsiy jangga kirsinlar,
Ahli oilaga jonlari fido,
Ko'paysin to nusrat berguncha Xudo.

So'nggi hitobimni baribir aytgum,
Kimgadir sal og'ir botsa ham so'zlar:
Naslimiz hurmati fitrati toza,
Ayollarni saqlab qolaylik, do'stlar.

Chunki ayollarga bog'liq har narsa,
Ayol bor, oila erur muqaddas...
Fahsh agar el ichra oddiy hol bo'lsa,
Yig'alsh kerak bunga,kulmoqlik emas...

Kerak emas.

To'htab qolgan daryo oqar baribir,
Qaytgusidir sherlar ham bir kun izga.
Insofi bor dunyo tinmay hayqirar:
"Kerak emas islomsiz hayot bizga!"

Bilaman, dunyo deb siz hech tolmaysiz,
Yugursa gar, orqasidan qolmaysiz.
Ehtimol siz pulsiz yashay olmaysiz,
Kerak emas islomsiz hayot bizga.

Bu yo'l go'zal, garchi bordir og'iri,
Lazzat bo'lib singgar qalbga taxiri...
Asli chirkin,xorlik bo'lgan oxiri,
Kerak emas islomsiz hayot bizga.

Bu dunyoda boshqa ne bor muhtaram,
Yana nima uchun mumkin chekmoq g'am.
Yeb, semirmoq ishin eplar to'ng'iz ham,
Kerak emas islomsiz hayot bizga.

Saltanatlar,toju tahtlar, haroblar,
Ming-ming orzu, umidlar ham saroblar
Ayting,ohir qanday bo'lar javoblar,
Kerak emas islomsiz hayot bizga.

Bizning qo'lda Qur'on, hadis tursa bas,
O'g'il, qizlar faqat shuni ko'rsa bas,
Tushimizga sahobalar kirsa bas,
Kerak emas islomsiz hayot bizga.

Dunyo uchun nechun telba sadoqat,
Arzimaydi unga sarflash muhabbat,
Rosti, tubi botqoqlikdan iborat,
Kerak emas islimsiz hayot bizga.

Mana, oling, dunyo sizga, qapishing,
Tushda ham siz dunyo ila topishing.
Siz foniyga zarpechakdek yopishing,
Kerak emas islomsiz hayot bizga.

--------------------------------------------------------
Hayol surma, hayollar yomon
Tuyg'ularga bermagin izn
Qur'on harfin o'rganib obdon
Salim qalbga ega bo'l qizim.

Fisqqa chorlov seni yo'llardan
Kimdir izlar yolg'on hizrni
Mening munis muslima qizim
Ro'molingla yop televizorni

Sen dunyoga teran boqmoqni
Qur'on hamda sunnatla izla
Dunyo mayda-chuyda deb kuysa
Sen eng katta savdoni ko'zla

Bu savdo-ki, latta-puttaga
Aldanmagan hayotiy ertak
Sen Oishaga, Fotimalarga
Yopishib ol misoli pechak

Hech ularni qo'yib, yuborma
Sen ularni chindan, bil ONA,
BOSHINGDAGI RO'MOL YECHILSA
BOSHING ILA TUSHSIN MARDONA

Qalbing ila haqni tanigin
Berilmagin falsafalarga
Zargar dunyo aslida bitmish
Yolg'on-yashiq safsatalarga

Qizim mening, muslima qizim
Aqidangda hotirjam qolgin
Xatto onang tobutin ko'rsang
Allohdanmiz deb ayta olgin

Bilib qo'yki dunyo bevafo
Manzil oldi nasihat so'zim
Mendan ko'ra Rosululloh(sollallohu alayhi vasallam)ni
Yaxshi ko'rsang roziman qizim.

Ustoz.

Bir sharif tingladim yop-yorug' kunda,
Angladim Iymon ne, ne erur Ixlos.
Biron bir dunyoviy da'vo yo'q menda,
Sizni Alloh uchun suydim, ey, ustoz.

Menga ta'sir qildi jami so'zingiz,
Demak jami so'zga sobit o'zingiz.
ko'rmagan bo'lsamda bir bor yuzingiz,
Sizni Alloh uchun suydim ey, ustoz.

Hayratda qotdim men zulmat surindi,
Zimiston kechada bir nur ko'rindi.
Menga xitob bo'ldi: Do'stim yur, endi,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Amal maydonida g'arib emassiz,
Sho'rlik ahvolimni aslo sevmassiz.
Ehtimol siz mnei shogird demassiz,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Zayd ibn Sobitdek endi qalb to'htar,
Mo'minning nigohi kofirga o'qdir.
O'rtada boshqa bir robita yo'qdir,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Odamalr bir-birin mansab deb quchsa,
Yoki mol davlat deb par qushdek uchsa,
Jamiki muhabbat izidan ko'chsa,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Yovlaringizga goh yig'lab kularman,
Alarning oxirin taxmin qilarman,
Yusuf payg'ambarning sabrin tilarman,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Duoda qo'limiz, Xudoyim tengsiz,
Jannat deb atasin maskanlaringiz,
Bizga ham dushmandir dushmanlaringiz,
Sizni Alloh uchun suydim ey ustoz.

Yulinib olingach haq oramizdan,
duodan boshqa yordam yo'q bizdan,
Asli o'rganganman shuni ham sizdan,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

" Asli siz go'zalsiz mastura qizlar"

Dunyo ishlaridan bezigan ko'ngil der,
Sof erur xijobga o'rangan yuzlar
Dunyo jul'ettaga ko'ngil qo'yaver
Asli siz go'zalsiz mastura qizlar

Chirkin nigoxlardan go'zallik izlab
Basilar poyiga cho'kkanda tizlar
Men baland ovozda baqirgum yuzlab
Siz asli go'zalsiz mastura qizlar

Gollivud xollivud tomonlardachim
Saxnaga tovlanib chiqqanda bezlar
Oinayi jaxonni o'chirib degum
Asli siz go'zalsiz mastura qizlar

Ko'kraklar ochilgan yarim yalang'och
Og'zidan tushmagan besharm so'zlar
Ularning makridan topib bir iloj
Asli siz gho'zalsiz mastura qizlar

To'g'ri yalang'ochlar yayrabon obdon
Zinokor qavmni gunoxga tezlar
Ko'nglingiz tubida qolmasin armon
Asli siz go'zalsiz mastura qizlar

Ular go'zallika qilarlar davo
Lek erlar ulardan nelardir izlar
Suykalmako'ngilni kio'rmagan ravo
Asli siz go'zalsiz mastura qizlar

Malomat paytlari ortga qochgan dam
Nur misol dunyoga prladingizlar
Ishoning dunyoviy o'lchovlarda xam
Asli siz go'zalsiz mastura qizlar!

* * *

Qalbingni band etsin oxirat g'ami,
Har lahza yodingdan chiqmasin o'lim.
Nadomatkim mendan chiqmadi olim,
Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Zakariyo kabi alam yutsang ham,
Ilmni cho'g' kabi qo'lda tutsang ham,
Uyi yo'q Iysodan faqir o'tsang ham,
jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Haqiqiy olimlar qasrlar qurmas,
Qasrlar ichinda bemalol yurmas,
Foniyda qalbimga taskin zarurmas,
Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Chorasiz on yo'qlab kelsang maboda,
Otangni chin dildan sevsang maboda,
Rozi bo'lsin otam desang maboda,
Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Bu yo'lda mashaqqat mehnat ko'rinar,
Zahmatning ostinda rohat ko'rinar,
Otamning hasrati ko'nglimni tirnar,
Jannatda boshimga toj kiydor o'g'lim.

Kulgingdan aylanay, o'rgilsin jonim,
Senda shiddat ila oqmoqda qonim,
Hajga olib borma qarigan onim,
Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Kimdir o'g'li sabab mag'rur kuladi,
Kimningdir ko'z yoshi jiqqa to'ladi,
Bu dunyo ishlari bir gap bo'ladi,
Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Har bir yumushimda hayrihoh o'g'lim,
Unutma qiymat manzilgoh o'g'lim,
Bugun olib beray neni istasang,
Buning evaizga bir shart chidasang,
Boshimga toj kiydir Abdulloh o'g'lim.
* * *

Allohim men Seni taniyman dedim,
Ushbu da'volarga sohtakor qilma.
Rasuling yo'liga intilgan edim,
Tikanak to'shalgan yo'lda xor qilma.

Angladim xo'p mushkul Sen birla diydor,
Bu ham yetmagandek gunohlar qator,
Ofiyat so'rgaymen, men asli nochor,
Bo'ynimga yovlarim qo'lin dor qilma.

Hayhot dunyolarni so'roqlab ketdim,
Oxirat g'amidan firoqlab ketdim,
Asri saodatdan yiroqlab ketdim,
Mahshargoh ustimda hol abgor qilma.

Gumrohman, razilman,noinsof va g'o'r,
Bo'ynimni egdi kim o'zin bilsa zo'r,
Qolmadi O'zingdan boshqa bir g'amxo'r,
Chidash yo'q noringga bizni yor qilma.

Ey, karam sohibi ne bo'lsa bo'lar,
Sen borsan shu sabab ko'nglim ham to'lar,
Umarning so'zlari bag'rimni tilar,
Chirkin davralarda sochni qor qilma.

Ma'siyat qaritdi o'ttiz bahorim,
Tungi ahvolimdan bezor nahorim,
Bularning dastidan ey, madadkorim,
Qabrim manzilimni to'la mor qilma.

Ayolim ilg'amas gumroh qalbimni,
Onam ham bilmaydi qalbiy aybimni,
Do'stlarim anglamas, saxfu aybimni,
Ul kunda yashirgin oshikor qilma.

Allohning xayrli bandasi debon,
Menga yoshligimda bermishlar bir non,
Bu kecha shrrulloh menga mos unvon,
Yig'lagum, menzilim ul kun nor qilma.

Allohim Sen meni kechirsang shu baxt,
Saxfu xatoyimni o'chirsang shu baxt,
Rasuling havzidan ichirsang shu baxt,
Mayli bu dunyoda baxtiyor qilma...

* * *

Umringiz chang to'zib ketmoqda zavol,
Siz o'zi dunyoga nega keldingiz.
Choyhonadan chiqing sizga bir savol,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Palov, manti, sho'rva so'nggiga norin,
Top ichka sig'dirdi ne bo'lsa borin,
Yodingizda turdi kun bo'yi qorin,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Har hil rejalardan olib iqtibos,
Oddiy bir savoldan bo'lasiz xalos,
Ertani gapirmay turing iltimos,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Qalb Islom dardida to'lg'oq bilmasa,
Amriga shamoldek uchib yelmasa,
Muzlatgich to'lmasa uyqu kelmasa,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Jujuqlar tashvishi aylabon tobe,
Bozorlar sang'ibon izlaysiz tole,
Ayolingiz ko'nglin oldingiz vale,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Namoz chala-chulpa, duolar mubham,
Tilda oayt, qalbda foydali dirham,
Tirikchilik zo'r-u, bo'lmay xotirjam,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Yo'lingiz qarshilar gap farzandingiz,
Sovg'asiz kelmoqqa sig'mas haddingiz,
Xo'rozqand olishni unutmadingiz,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Ajabo sayrga chiqqaningizda,
Yoddan ko'tarilmas oilaviy g'am,
Ulfatu oshinolar buyurtmasi ham,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Ikkinchi uyingiz nomidir bozor,
Uning haqqin zinhor qilmaysiz poymol,
Bo'l, tez, deysiz, qolgan ishga yo'gar qor,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Jannat deysiz, biroq amallar ziddiy,
Qachon u kunga ham qaraysiz jiddiy,
She'rim oxirida oxirida savolim qat'iy,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Hijobli AYOL!

Ko'zingu qalbingni zabt etgan to'lib,
Nafosat haqida sursang gar hayol.
Nuqsonsiz go'zallik timsoli bo'lib,
Yurgan bir hasratdir hijobli ayol.

Biroq oson emas yurmoq hijobda,
Bugun bu ko'plarga kelmoqda malol,
His qilar o'zini o'ng yot dunyoga
Kelgindi hilqatdir hijobli ayol.

Avj olgan buzuqlik ma'siyatlardan,
Ne-ne qadriyatlar bo'ldi-ku uvol,
Ey, Rabbim, panoh ber deya bulardan,
Berkingan suratdir hijobli ayol.

Ko'plar ayol nomin bulg'aydi tinmay,
Avratlar ochilib bo'lishar xushhol.
Taqvosin ko'rsatib, o'zin ko'rsatmay,
Saqlangan siyratdir hijobli ayol.

Millatu dinini ko'plar unutib,
Gunohlar qa'rida toparkan zavol,
Taqvosin timsoli libosi bo'lib,
Diniga quvvatdir hijobli ayol.

Behayo kimsalar, dinsiz johillar,
Masxara qilganda uni bemalol.
Allohim ularga hidoyat ber deb,
Eng yahshi niyatdir hijobli ayol.

Uning mavjudligi ko'ngilga malham,
Ko'z quvnar, qalb esa bo'lmagay behol.
Kitoblar yoqilib ketganida ham,
Islomga hujjatdir hijobli ayol.

Da'vatlar to'xtagan telba diyorda,
Har kimning ko'nglida katta bir savol.
Indamay ketsa ham ko'zlari yerda,
Katta bir da'vatdir hijobli ayol.

Unga havas qilgum, degum ey, singlim,
Erlarga taqvoda o'rnak bo'lib qol.
Iymondan voz kechgan erkaklar uchun,
Eng yahshi ibratdir hijobli ayol!!!
Xudoga hammasin aytib beraman.

Dunyoda yashashga qo'ymasangiz gar,
Shu sizga buyursin qaytib beraman.
Ammo arimagay ko'nglimdan kadar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Fitratda tug'ildim, vale' tarbiya,
Mudhish bir holatga soldiku soya.
Sof ta'lim neligin bilmadim deya,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Yoshlikda g'am nima bilmay yurgandim,
Bog'chani eng oliy dargoh bilgandim.
Kalima o'rniga qo'shiq o'rgandim,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Quvnab yo'l tushganda maktabim tomon,
Jami' ilmlarga izladim imkon,
Ammo nimaligin bilmadim Iymon,
Xudoga hammasin aytib beraman.

So'ng oliy bilim yurt o'ziga chorlar,
Muhabbat atalmish go'zal bahorlar.
Ustozlarim dindan etgan bezorlar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Allohga hamd bo'lsin qutqardi O'zi,
Qalbimga sochildi hidoyat tuzi.
Shunda yaqinlarim burdilar yuzin,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Aroqli to'ylarga bormay qolsam gar,
Otamga la'nat der eng yaqin jigar.
Ko'zimdan yosh emas oqqanda zahar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Yodimda o'zini eng zo'r er degan,
Namozxon bo'ldingmi, deya jerkigan.
Bo'g'zimga qadalib yovuz sher kelgan,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Xaq so'z yetkazilsa mard jo'vonsherlar,
O'zingcha nelarni so'ylading derlar.
Kecha kim eding, deb yuz burgan ellar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Alloh ruhsat, degan oyatni bilib,
Hayotga tadbiq et, gar desam kulib,
Ayol zoti minar g'azabga to'lib,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Hammaga tegishli aytilgan so'zlar,
Xaqdan olib qochamng jovdirar ko'zlar.
Qiyomat kelganda ko'rasiz, do'stlar,
Xudoga hammasin aytib beraman.


Juma, 29.03.2024, 12:53
Приветствую Вас MEHMON
Главная | Регистрация | Вход
I LOVE YOU
ЛЕЙЛА ИЛИ ФАХРИ?
Всего ответов: 54
ИСКАТЬ
МУЗЫКА
[18.09.2009][MP3]
.Bojalar & Ziyoda feat Tohir Sodiqov - Yonimizda (4)
[19.09.2009][MP3]
4 ЧМБ_round_2 (0)
[19.09.2009][MP3]
BOJALAR-HALIMA HOLA (0)
[17.09.2009][MP3]
Eminem инструментал (2)
[17.09.2009][MP3]
Timati&snoop (2)
[17.09.2009][MP3]
минус (3)
ПОЛЬЗОВАТЕЛИ
  • Daxshat-Admin
  • Boka
  • ALI-90
  • sex_racom
  • karrolraxmonov83
  • jamol3090404s
  • Namangan
  • rustik4555
  • embyaka
  • Janobcha
  • sherainter
  • ddddsn84
  • chingizhan
  • Elton
  • Milinka
  • NoName
  • 222
  • ganijanovich
  • Мини-чат

    Daxshat.3dn.ru