…Yuragingni cho`lg`asa alam, Jabr cheksang tuhmat, ro`yodan. Hayot o`zi shundayin bir kam: Umidingni uzma dunyodan. Do`sting ketsa dushmaning tomon, Yuragingni cho`lg`asa gumon, Kimlarnidir sog`insang yomon, Umidingni uzma dunyodan. Yaqinlaring bo`lmasa tirgak, Qayg`ulardan charchasa yurak, Bo`lmay qolsang hech kimga kerak, Umidingni uzma duyodan. Yo`llarida bo`lsang intizor, Muhabbating aylasalar xor, Chertilmasa dilingdagi tor, Umidingni uzma dunyodan. Olib qochsa xayoling yillar, Anglamasa dardingni dillar, Ishon baxtli kunlaring kelar, Umidingni uzma dunyodan.
|