Tohir Sodiqov 1973 yil 1 iyulda Toshkent shahri, Sobir Rahimov tumani, Langar
ko'chasi, 12-uyda tug'ilgan. -Eski Jo'vadagi masjidning orqasida joylashgan
bog'chaga borgan (bog'cha xotirotlari esida, faqat raqami emas). -Otasi -
Sodiqov Bahromjon Sobirovich - uchuvchi, zahiradagi ofiser edi. -Onasi -
Sodiqova Gulnur Mansurovna (xalq xo'jaligi institutini tamomlagan), uy bekasi.
-Tohir Toshkent shahridagi 41-maktabda tahsil olgan. -Oliy o'quv yurtini
tugatmagan, mutaxassiligi yo'q. -Ma'lumoti o'rta. -O'z qo'shiqlarini
sevib tinglaydi. -Sevimli aktyori - Obid Asomov. -Uylangan yili va ilk
ota bo'lgan kunini sir tutadi. Biroq ikkala kun ham unga ulkan quvonch olib
kelgan. Baxtli sana sifatida yodga oladi. -Shiori: “Yaxshi insonga boringni
ayama”. -Va'dabozlikni yomon ko'radi. -Bir so'zli insonlarni hurmat
qiladi. -Hech bir xonandaga tanqidiy fikri, g'arazi yo'q. Chunki, Tohir
Sodiqovning fikricha, hamma o'zicha to'g'ri. - “Yaxshi qo'shiqqa klipning
hech ham keragi yo'q. Sevimli qo'shiq klipsiz ham sevimli bo'lib qolaveradi”.
-“Bolalar” guruhi 1989 yilning kuz oyida Ruslan Sharipov tashabbusi bilan
tashkil topgan. -Guruhning ilk albomi - “Esingdami sening...”
-Bolalar”ning birinchi ofisi “Bolalar shou” firmasida bo'lgan (“Yoshlik”
metro bekati yonida). -Guruhning ilk a'zolari: Tohir Sodiqov, Husan Sodiqov,
Tofik Marduxaev, Bahodir Po'latov, Toir Odilov, Ruslan SHaripov, Nargiza
Zokirova, Javohir Zokirov. -“Bolalar”ning plastinkasi 1992 yilda chiqarildi.
“Bolalar-shou” firmasida. -“Bolalar”ning aranjirovkachisi Ruslan Sharipov,
qo'shiqlar muallifi Tohir va Husan Sodiqovlar bo'lishgan. -“Bolalar”
“O'zsport” birlashmasiga qarashli edi. -Guruh a'zolariga maoshni Ruslan
Sharipov bo'lib bergan. Har bir konsertdan o'zi va Nargiza Zokirovaga 50
rubldan, Husan Sodiqov va Tofik Marduxaevga 25 rubldan, boshqalarga 15 rubldan
taqsimlangan. -Tohir Sodiqov AQSH, Fransiya, Angliya, Turkiya kabi chet
davlatlarida bo'lgan. -“Bolalar”ning birinchi muxlislari - 41-maktab
o'quvchilari. -Guruh ilk marotaba 1990 yil 23 fevral kuni “Alpomish” sport
saroyi (hozirgi “O'zko'rgazmasavdo” markazi)da katta sahnaga chiqqan.
-“Bolalar” 2000 yilgacha O'zbekiston va qator hamdo'stlik davlatlari bo'ylab
yiliga yuzlab konsertlar bergan. Olti yildan buyon esa O'zbekistonning o'zida
qirqdan ortiq konsertlar beryapti. -Tilagi: “Vaqtni bekor o'tkazmaylik.
Hammasi o'tib ketaveradi. Hayotning har bir lahzasidan unumli foydalanaylik.
Ertaga hayotga shunchaki kelib-ketdi emas, balki YASHADI, degan nom qoldirishga
intilaylik, o'tkinchi dunyoda nomimiz YAXSHI INSON sifatida abadiy qolsin!