Endi sizga yetmas qo`lim, Ketdingiz siz mendan uzoq. Peshona deb qoldim netay, Taqdir bizni etdi yiroq. Qorong`udir qayda xayol, Yo`ldosh bo`ldi menga firoq. O’tar kunim hijronlarda Sizsiz endi yashay qandoq? Nechun bizni ayirdilar Yo`llarimiz endi so`qmoq. Nahot endi armon bo`lsa Sizga to`yib-to`yib boqmoq. Endi sizga yetmas qo`lim, Taqdir bizni etdi yiroq. Endi o`zga choram yo`qdir Ishim-sizga baxt tilamoq.
|