.
 
Главная » 2009 » Sentyabr » 17 » Bollivudda kutilmagan yangiliklar!!!
05:20
Bollivudda kutilmagan yangiliklar!!!
Karan Joxar Omar Qureyshi TNN kanaliga bergan intervyusida o‘zining “My name is Khan” (“Mening ismim Xon”) filmi premerasi ko‘chirilgani, Kajol bilan muammolari, Bachchanlar, Shohruh Xon va Salmonning iddaosiga munosabatini bildirdi.

— “My name is Khan”ning ish jadvali ancha kechikib qolgani siz uchun kutilmagan hol bo‘ldimi?

— Bilasizmi, bo‘lgan voqealar bizning nazoratimizdan tashqari kechdi. Shuning uchun endi film premerasi keyingi yilning boshida bo‘ladi. Biz ishni vaqtida qilishga qodir bo‘lmadik. Biz premera dekabrda bo‘lishiga harakat qilgandik, lekin filmni tugallash uchun hali ancha ish bor. Shoshilish saviya bobida ma’lum nuqsonlarga sabab bo‘lishi mumkinligini his qilyapman. Shuning uchun Shohruh ikkimiz premerani keyingi yilga qoldirishga qaror qildik.

— Mish-mishlarga qaraganda, Kajol siz bilan ishlamoqchi ham, filmingizda suratga tushmoqchi ham bo‘lmagan ekan...

— Kajol ham, men ham bu kabi bo‘lmag‘ur gaplardan maza qilib kuldik. Dekabrda Los-Anjelesda suratga olish ishlari boshlanganda, Tanu xola (Kajolning onasi) stsenariyga ayrim o‘zgarishlar kiritgani, Kajol bilan mening oram juda sovuqligi haqidagi gaplarni o‘qib qoldik. Bu shu darajada kulgiliki, javob berishga hojat ham yo‘q.

— “My name is Khan” — Shohruh Xon bilan hamprodyuserlikdagi ilk loyihangiz. Bu qanday yuz berdi?

— Bu juda kuchli loyiha, uni birga ishlash uchun ko‘p narsani o‘zimiz his qildik. Loyiha yakuniga yetib qoldi, shu bois ishonch bilan aytishim mumkinki, ikkimiz ham bu filmning baxtli egalarimiz. Keyingi loyihada Shohruh yoki men ishtirok etamizmi-yo‘qmi, bundan qat’i nazar, filmga mas’ulligimizni tushunamiz. Rostini aytsam, “Dostana” (“Do‘stona”) Shohruhga qay darajada tegishli bo‘lsa, “Om Shanti Om” (“Om Shanti O
m”) filmi ham menga o‘shanchalik tegishli.

— Keyingi filmingiz — “Wake Up Sid” (“O‘rningdan tur, Sid”)ga Konkona bilan Ranbirni tanladingiz. Ko‘pchilik ularning bir-biriga to‘g‘ri kelmasligini sezyapti...

— Men buni to‘g‘ri kelmaslik, deb atamagan bo‘lardim. Buni qolipdan tashqari kasting, deyish to‘g‘riroq. Konkona aktrisa sifatida o‘zini topgan, kinoning ma’lum janriga mos keladi. Ranbir esa yosh, umidli aktyor, aktyorlarning ma’lum avlodiga mansub. Ularni birga ko‘rganingizda, o‘rtalarida ko‘zga tashlanadigan ohanrabo borligini payqaysiz.

— Matbuotda “Agneepath” (“Olovli yo‘llar”) filmining rimeykiga tanlab olgan aktyorlar orasida Abxishekning yo‘qligi Bachchanlarni qattiq ranjitibdi, degan xabarlar chiqdi.

— “Agneepath”ga hali kasting o‘tkazilmadi. Bu Karan Malxotra, mening “My name is Khan”dagi yordamchimga tegishli g‘oya. Rimeykning rejissyori ham u bo‘ladi. Hozircha u stsenariyni yozyapti. Stsenariy tayyor bo‘lishi bilan aktyorlar guruhi haqida o‘ylay boshlaymiz. Hozircha taxminiy kelishuvlar bo‘ldi, xolos. Lekin bu xabar qanday qilib hammaga tarqalganiga hayronman. Hamma filmda u yoki bu aktyorning suratga tushishi haqida o‘zicha bashorat qila boshlagan.

Salmon yaqinda bergan intervyusida “Jonning “Dostana”dagi sahnasiga hech qachon rozi bo‘lmasdim”, — deb aytdi. Buni o‘zingizga oldingizmi?

— Hech ham. Har kim o‘z fikrini bildirishga haqli, fikr — ularning shaxsiy huquqi. Bollivudda kinoyulduzlar va rejissyorlar mening filmimga fikr bildirishlari mumkin. Bunday fikrni yuragimga yaqin olmayman. 

— Xonlarning urushi sizni xafa qilyaptimi?

— Sizga bitta narsani aytay: bu gaplarning aksariyati haqiqat bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. O‘ylab topilayotgan gaplar bularning barini fojialashtirib yuboryapti. Bularni, asosan, matbuot o‘ylab topib, chop etgan. Bu vaziyatni og‘irlashtiryapti. Chunki mish-mishlar chop etilmaganda, kamroq zarar keltiradi. Odamlarning yolg‘onni haqiqat deb qabul qilayotgani meni ham tashvishga solyapti.

Категория: JAHON YULDUZLAR | Просмотров: 1711 | Добавил: Daxshat-Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Payshanba, 28.03.2024, 12:09
Приветствую Вас MEHMON
Главная | Регистрация | Вход
I LOVE YOU
ЛЕЙЛА ИЛИ ФАХРИ?
Всего ответов: 54
ИСКАТЬ
КАЛЕНДАР
«  Sentyabr 2009  »
DshSshChrPyJmShnYk
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
АРХИВ
МУЗЫКА
[18.09.2009][MP3]
.Bojalar & Ziyoda feat Tohir Sodiqov - Yonimizda (4)
[19.09.2009][MP3]
4 ЧМБ_round_2 (0)
[19.09.2009][MP3]
BOJALAR-HALIMA HOLA (0)
[17.09.2009][MP3]
Eminem инструментал (2)
[17.09.2009][MP3]
Timati&snoop (2)
[17.09.2009][MP3]
минус (3)
ПОЛЬЗОВАТЕЛИ
  • Daxshat-Admin
  • Boka
  • ALI-90
  • sex_racom
  • karrolraxmonov83
  • jamol3090404s
  • Namangan
  • rustik4555
  • embyaka
  • Janobcha
  • sherainter
  • ddddsn84
  • chingizhan
  • Elton
  • Milinka
  • NoName
  • 222
  • ganijanovich
  • Мини-чат

    Daxshat.3dn.ru