.
 
Главная » 2009 » Sentyabr » 17 » Sherali Jo'rayev haqida
05:22
Sherali Jo'rayev haqida
SHERALI JO‘RAYEV, O‘zbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofoti sohibi.

Bundan ancha yillar muqaddam Sherali Jo‘raevning Moskva shahridagi kontsertiga, uning ko‘plab muxlislariga guvoh bo‘lgan hamkasbimiz Saidolim Haydarov shunday deydi:
­ 1986 yilning oktyabr oyida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 50 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi, ­ deya gap boshladi u. ­ Ana shunday tantanalar Moskvada ham bo‘lib o‘tdi. Unda shoir she’rlarini eng ko‘p kuyga solib, qo‘shiq qilgan, ularni rosa maromiga yetkazib kuylagan Sherali Jo‘raev ham ishtirok etgandi. Dastlab tantanalar Vorovskiy ko‘chasidagi “Adabiyotchilar uyi”da boshlandi. Ungacha tashkilotchilar tomonidan taklifnomalar tarqatilgan, biroq, zal to‘larmikin degan o‘y, hadik ham yo‘q emasdi. Tadbir boshlanishi kech soat yettiga rejalashtirilgandi. Yarim soatcha oldin muxlislar bitta-ikkita bo‘lib kela boshladi. Rosa o‘n minut qolganda muhtasham zal tomoshabinlar bil liq to‘ldi. Achinarlisi, ko‘p odam joy yo‘qligidan ko‘chada qolib ketdi. She’rxonlik va qo‘shiqnavozlik rosa avjiga chiqdi. Soat kechki 11:30 dan osha boshlaganda ma’muriyat, kontsertni tugatinglar, deya xarxashasini boshladi. Biroq nafaqat o‘zbeklar, balki ko‘plab millat vakillarining Sherali!, Sherali! deb hofizning qo‘shiq aytishini talab qilishi u kishini qayta-qayta sahnaga chiqishga majbur qilardi. Buni ko‘rib, zal ma’muriyati ham noiloj qolgandi. Tun yarmidan oqqanda kontsert tugadi. O‘shanda “Adabiyotchilar uyi” direktori menga bir gapni aytgandi. “Uzoq yillardan beri shu dargohga rahbarlik qilaman. Ko‘pdan-ko‘p tadbirlar, tomosholar, mashhur artistlarning kontsertini o‘tgazishga to‘g‘ri kelgan. Yashirmayman, bugungidaqa, kontsertga bu zal avval guvoh bo‘lmagandi. Rosti o‘zim ham miriqib tomosha qildim. Meni lol qoldirgan yana bir narsa shu bo‘ldiki, o‘zbeklar san’atni ham, san’atkorini ham juda e’zozlashar ekan. Bu xislat uncha-muncha millatda yo‘q”.
Ertasiga Xalq xo‘jaligi yutuqlari vistavkasida shunday tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Sherali aka o‘z qo‘shiqlarining qisqa-qisqa tarjimalarini rus, ingliz, frantsuz va boshqa xorij tillarida ijro etganida u yerda hozir bo‘lgan sayyohlarning zavqlanganini, qo‘shiq naqoratiga qo‘shilganini ko‘rib, men yaxshi kuy, dildan aytilgan qo‘shiq til, hudud tanlamasligiga butkul ishongandim. Ayniqsa, “Zamon, zamon bizning zamon, davron bizniki, qo‘limizda yeru osmon, imkon bizniki” qo‘shig‘ining inglizcha matniga jo‘r bo‘lganlar ko‘p bo‘lgandi. O‘shanda ayrim sayyohlar o‘zimizning jaydari tilda aytganda og‘izlari ochilib qolganini ko‘rib, Sherali akaday hofizlarimiz borligi ko‘ksimda g‘urur uyg‘otgan edi...
Hamkasbimiz bu voqeani bizga bot-bot hikoya qilib turadi. Har gal hayajonu faxr bilan eslaydi.
Yuqorida yaxshi qo‘shiqlar haqida gapirdik. Sherali Jo‘raevning “Ko‘zlarga boqdim” deb nomlangan audiotasmasida ham odatdagidek diltortar ashulalar joy olgan. Undan joy olgan qo‘shiqlar orasida avval aytilib, qayta ishlangani ham bor. Mavlono Jaloliddin Rumiy so‘zlari bilan aytilgan qo‘shiqlar, ayniqsa, tahsinga sazovor. Hazratning betakror misralariga hofizning nafis kuyi hamda ulug‘vor ovozi yanada salobat baxsh etgan. Ularni eshitgan sayin ko‘nglingiz, shuuringiz ajib tuyg‘udan tiniqlashadi.


...Munavvar bir quyoshmen, dur to‘la to‘lqinli ummonmen,
Zamin tegramdadur, dilda yashar osmon, bilmassan.


Jahon bo‘stonida bir bolaridek uchganim-uchgan,
Asaldek so‘zlarim, lekin, senga pinhon bilmassan...


Qo‘shiq ­ tarbiya. Unda aytilgan so‘z dildan chiqqan bo‘lsa, bu tarbiyaning ahamiyatini oshiradi. Tarbiyalaydigan qo‘shiqda esa “Munavvar quyosh”, “Dur to‘la ummon”, “Asaldek so‘z” yanglig‘ ohanrabo kalomlar mujassam bo‘lmog‘i lozim.
Odatda har qanday san’atkorning shuhrati uning yoshi, ovoziga qarab belgilanadi. Aksariyat san’atkorlar yosh, navqiron paytlarida mashhurlikning cho‘qqisiga ko‘tarilsa, vaqt o‘tgan sayin bu holat pasaya boradi. Bu balki o‘sha san’atkorning o‘z ustida ishlash qobiliyati susayganligi yoki ovoz bilan bog‘liqdir. Lekin shu o‘rinda tan olib aytish kerakki, kamdan-kam san’atkorlar doimiy el nazarida, ardog‘ida bo‘ladilar. Komiljon Otaniyozov, Halima Nosirova, Ma’murjon Uzoqov, Jo‘raxon Sultonov, Rasul qori Mamadaliev, Tavakkal Qodirov kabi ustoz san’atkorlar ana shunday buyuk san’atkorlardir. Ulug‘ ustozlarga munosib tarzda ijod qilib kelayotgan hofiz Sherali Jo‘raev ham uzoq yillardan beri el nazaridadir. Bunday yuksak pog‘onada turish uchun esa Xudo bergan iste’doddan tashqari tinimsiz mehnat, temirdek mustahkam asab darkor. Nomi zikr etilgan audiotasma ham ana shunday mehnat mahsulidir.
“Ko‘zlarga boqdim” audiotasmasida Sherali Jo‘raev tomonidan bitilib, qo‘shiq qilingan so‘zlar ham bor. Ulardan biri “Olis yo‘llar” deb ataladi. Ushbu qo‘shiqda jumladan shunday so‘zlar bor:


Olam bozor emish, barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa, sotishga tayyor.
Kimdir do‘stin sotar, kim tashna, kim zor,
Bu yo‘lda iymonin asragan kim bor?!


Yaqinda sobiq Otchopar bozoriga birrov tushdim. Bozorga kiraverishda audiotasma sotiladigan do‘kon yonida turgan bir qancha odamni ko‘rib, biror noyob narsa olib kelishibdimikan, deb o‘yladim. Qiziqish ustun kelib, yaqinroq borsam, ular Sherali Jo‘raevning yangi qo‘shiqlari yozilgan kassetani eshitayapti ekan. Kasseta sotuvchi yigit ham hofizning shinavandasi ekanmi, har bir qo‘shiqning avji kelganda, atayin magnitofonning ovozini balandlatib qo‘yadi. Bunga esa yig‘ilganlar: “Ha, do‘st, yashang” deya qiyqirib qo‘yishadi. Gapning rosti, bunday manzarani umrim bino bo‘lib hali biror marta, biror joyda ko‘rmagan edim.
Xullas, aytsa gap ko‘p. Ammo bo‘ladigan gapni so‘rasangiz, shuni aytish kerakki, oldimizdagi suvning qadriga yetaylik

Категория: YULDUZLAR BIOGRAFIYASI | Просмотров: 8829 | Добавил: Daxshat-Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Alimov Husan  
0
Amini ye sher ko'tti kiri bu man KILLER

Имя *:
Email *:
Код *:
Seshanba, 16.04.2024, 12:00
Приветствую Вас MEHMON
Главная | Регистрация | Вход
I LOVE YOU
ЛЕЙЛА ИЛИ ФАХРИ?
Всего ответов: 54
ИСКАТЬ
КАЛЕНДАР
«  Sentyabr 2009  »
DshSshChrPyJmShnYk
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
АРХИВ
МУЗЫКА
[18.09.2009][MP3]
.Bojalar & Ziyoda feat Tohir Sodiqov - Yonimizda (4)
[19.09.2009][MP3]
4 ЧМБ_round_2 (0)
[19.09.2009][MP3]
BOJALAR-HALIMA HOLA (0)
[17.09.2009][MP3]
Eminem инструментал (2)
[17.09.2009][MP3]
Timati&snoop (2)
[17.09.2009][MP3]
минус (3)
ПОЛЬЗОВАТЕЛИ
  • Daxshat-Admin
  • Boka
  • ALI-90
  • sex_racom
  • karrolraxmonov83
  • jamol3090404s
  • Namangan
  • rustik4555
  • embyaka
  • Janobcha
  • sherainter
  • ddddsn84
  • chingizhan
  • Elton
  • Milinka
  • NoName
  • 222
  • ganijanovich
  • Мини-чат

    Daxshat.3dn.ru