Ism-sharifi: Ulug`bek Nosirovich Qodirov; Tug`ilgan sanasi: 1983-yil,
3-avgust; Tug`ilgan joyi: Toshkent shahri; Ma`lumoti: Oliy. Toshkent
davlat san`at institutini tamomlagan; Tamomlagan maktabi: Toshkent shahridagi
34-maktab; Xullas, u haqida bilmoqchi bo`lsangiz, ichkariga tashrif
buyuring... Burji: Arslon; Sevimli guli: Nilufar; Yaxshi ko`rgan
mashinasi: «Mersedes» va «BMW»; Yoqtirgan taomi: Palov va rayhonli
moshxo`rda; Kiyinishi: Zamonaviy; Sevimli rangi: Qora; Kamchiligi:
Kamgap; Hayotdagi shiori: «Hamisha olg`a»; Ish joyi: O`zbek Milliy
akademik drama teatri; Ilk roli: «Ayol zoti»da Bobur Yo`ldoshev bilan birga
ijro etgan; Ikkinchi va katta roli: Murod Rajabovning «Akademiya»
filmida; Uni xalqqa tanitgan roli: «Sarvinoz»dagi Odil obrazi; Yoqtirgan
sport turi: Kurash. Bir paytlar yakkama-yakka kurashda oyog`ini sindirgan; U
uchun eng muhimi: Ota-onasi, yaqinlarining salomatligi va sevimli
kasbi; Armoni: Muhabbat; Bo`sh paytlarida: Detektiv janridagi kitoblar
o`qiydi; Tanqidga munosabati: Ijobiy; Ilk ustozlari: Erkin Komilov,
Turg`un Azizov, Murod Rajabov, Hamida Mahmudova; Sahnaga ilk marotaba: San`at
institutining 2-kursida o`qiyotganda «Gamlet», «Qirol Lir» va boshqa ommaviy
sahnalarda ishtirok etgan; Qo`rqadi: E`tibordan qolishdan va hech kimga
keraksiz bo`lib qolishdan; Ijro etishni xohlaydigan rollari: Shekspirning
«Gamlet» asaridagi «Gamlet», «Romeo va Julyetta» asaridan esa Romeo; Hurmat
qiladigan klassik rejissori: Shuhrat Abbosov; Yangi avlod rejissorlaridan:
Zulfiqor Musoqov, Rustam Sa`diyev, teatr rejissorlaridan Valijon Umarov,
shogirdi Jo`rabek Ro`zimetovlarning ijodini hurmat qiladi. Katta ekranga
chiqqan kinolari: «Sarvinoz», «Baxt uchun million» - Odil, «Fotima va Zuhra» -
Shohruh, «Devona» - Shodivoy, «O`yin» - Jamshid, «Shabbona» - Bahrom, «Jazo» -
Jasur; Birga ishlagan rejissorlari: Bahrom Yoqubov, Said Muxtorov; Ijro
etgan qo`shig`i: Yosh xonanda Shoira Azimova bilan «Kel, jonim» dueti;
Kinodagi hamkorlari: Shahzoda, Sevinch Mo`minova, Jamila G`ofurova, Aida,
Shodiya To`xtayeva, Gulchehra Eshonqulova; Oilada: 5 farzandning kenjasi.
Islombek, Feruza, Aziza, Dilfuza va Ulug`bek; Hozirda: «Panoh» kinofilmida
suratga tushyapti; Agar rejissor bo`lganida: Ko`cha hayoti haqida film
suratga olardi; Kino yoki teatr: Ikkalasini ham birdek yaxshi ko`radi. Ammo
teatr birinchi o`rinda; Birga suratga tushishni xohlaydi: Yodgor Sa`diyev,
Yoqub Ahmedov, Furqat Fayziyev kabi ustoz san`atkorlar bilan. Jahon
yulduzlaridan esa Al–Pachino, Alen Delon va Bred Pittlar bilan; Hurmat
qiladigan insoni: Onajonisi; Uning gapirishini Tohir Sodiqovga
o`xshatishadi; U ko`proq yurak izmiga bo`ysunadi. Chunki u his qiladi; O`n
yildan keyin u o`zini Hollivudda ko`radi; Uning uchun pul: Hech narsa.
Qo`lning kiri, bugun bor, ertaga yo`q; 2005-yil: Uning uchun juda omadli va
esda qolarli yil bo`lgan. Chunki u o`sha paytda «Yilning eng yaxshi yosh
aktyori» nominatsiyasiga sazovor bo`lgan; Orzusi: Hindistonning eng
iste`dodli aktyori Shohruh Xondek mukofotlarni qo`lga kiritganida ularni Shohruh
Xon bilan birga «yuvish»; U baxtni oilasi, do`stlari yonida to`rt muchasi
sog` holda bo`lish deb biladi. Aslida yashash ham bu - baxt; Baxtsizligi esa
yaqin kishilaridan judo bo`lish; Bolaligida uning xoli katta bo`lib
ketishidan qo`rqishardi; 2004-yilda: Otasi vafot etdi. Uning uchun bu og`ir
judolik edi; U haqida tarqalgan mish-mish: Xonanda Shahzoda bilan turmush
qurarmish; Mashhur bo`lish uchun juda ko`p ishlash kerak deb
hisoblaydi; Tan oladigan xonandasi: Lola. Unga qoyil qoladi; Uning
fikricha, aktyor teatrda «pishadi»; U harbiy maktabda tahsil olgan: Ammo
o`qishni oxirigacha davom ettira olmagan. Sog`lig`i pand bergan; Aktyorlik
qismatim deb ayta olmaydi. Negaki, erkak kishiga qirq hunar ham oz; Irimlarga
ishonmaydi. Hammasi omadga bog`liq; Qo`shig`ining matni va musiqasini Shahnoz
yozib bergan. Musiqiy sayqali esa Ravil Gimazutdinovga tegishli. Uning
fikricha: «Peshonaga nima bitilgan bo`lsa, hech kim undan qochib qutula
olmaydi»; Kinodan tashqari dublyajda ham samarali ijod qilgan; Rejissor
Bahrom Yoqubov bilan birga ishlash yoqimli, deb hisoblaydi. Chunki u aktyordan
nima talab qilayotganini sodda va aniq tushuntirib bera oladi; Farrux Soipov
u uchun raqobatdosh emas, kasbdosh; U ba`zida «Nachali syomka!», ba`zida esa
«Stop, snyato» degan iborani sog
|